Ko'krak Qafasidagi Jarrohliklar

“Ko‘krak qafasidagi operatsiyalar” kitobi ko‘krak qafasi va unga aloqador a’zolarda bajariladigan jarrohlik amaliyotlariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy qo‘llanmadir. Unda plevra punksiyasi, qovurg‘a rezeksiyasi, torakotomiya, sternotomiya, pnevmotoraks va plevra empiyemasini davolash usullari batafsil va izchil bayon etilgan. Har bir operatsiyaning ko‘rsatmalari, texnik bosqichlari, ehtimoliy asoratlari va ularning oldini olish yo‘llari aniq tushuntiriladi. Kitob tibbiyot oliygohlari talabalari, jarrohlar va klinik ordinatorlar uchun muhim nazariy hamda amaliy manba hisoblanadi.