AI in Healthcare

ChatGPT miyamizga qanday tasir ko’rsatadi

Ko‘zga ko‘rinmas o‘zgarish

Aslida gap shundaki: sun’iy intellekt nafaqat hayotingizga ta’sir qilmoqda, balki miyangizni aytarli darajada qayta shakllantirmoqda. Ertalab uyg‘onib telefoningizni tekshirishdan tortib, ijtimoiy tarmoqlarni kezish, qaror qabul qilish va hatto muammolarni hal qilishgacha, algoritmlar asab tizimingizni ko‘pchilik o‘ylagandan ham chuqurroq tarzda o‘zgartirmoqda.

Aslida miyangizda nimalar sodir bo‘lmoqda

Ko’nikmaning zaiflashishi: Sun’iy intellektdan uzoq vaqt foydalanish natijasida shunday bir holat yuzaga kelishi mumkin. Agar biror ko’nikma muntazam ishlatilmasa, u asta sekin yo’qolib boradi. Natijada, tahliliy fikrlash, muammolarni hal qilish va eslab qolish kabi muhim aqliy qobiliyatlar mashq qilinmagani sababli sustlashib ketadi.

Miya faolligining pasayishi: MIT va boshqa tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ChatGPT kabi sun’iy intellekt vositalaridan yozish uchun foydalanish, mustaqil  yozuvchilarga nisbatan ancha past aqliy faollik va sustroq miya faoliaytiga olib keladi. 

Aqliy qarz: Bu shunday bir holatki, sun’iy intelleketga haddan tashqari suyanish mustaqil fikrlash jarayonini cheklaydi. Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, sun’iy intellekt yordami olib tashlangandan keyin ham, odamlar past natijalarni saqlab qolishi mumkin. Masalan, yozganlarini eslay olmaslik va vazifa bilan bog‘liq bolgan miya faoliyati uyg’un ishlamaslgi kuzatiladi.

Tanqidiy fikrlashning zaiflashuvi: Kontent yaratish va qaror qabul qilishda sun’iy intellekt vositalariga haddan tashqari tayanish mustaqil mulohaza yuritish va tanqidiy fikrlashni susaytirishi mumkin. Bu esa sun’iy intellektdan tez-tez foydalanish va tanqidiy fikrlash qobiliyatlari o‘rtasida salbiy bog‘liqlikni keltirib chiqarishi mumkin.

Sun’iy intellekt va faqat miyani ishlatish o‘rtasidagi farq

To‘rt oy davomida MIT jamoasi 54 nafar katta yoshli kishidan sun’iy intellekt (ChatGPT), qidiruv tizimi yoki faqat o‘z miyasi yordamida uchta insho yozishni so‘radi. Jamoa miyadagi elektr faolligini tekshirish va insholarni tilga oid ko’nikmalarini tahlil qilish orqali aqliy faollikni o‘lchadi.

Sun’iy intellektdan foydalanganlarning aqliy faolligi qolgan ikki guruhga qaraganda ancha past bo‘ldi. Bu guruh, shuningdek, o‘z insholaridan iqtiboslarni eslab qolishda qiynalishdi va ularga nisbatan kamroq egalik hissini sezishdi.

Sun’iy intellekt bizni ahmoqroq qilishi rostmi?

Bu natijalar sun’iy intellektdan foydalangan talabalarda “aqliy qarz” to‘planganligini anglatmaydi. Bizningcha, bu xulosalar tadqiqotning o‘ziga xos tuzilishi bilan bog‘liq.

Dastlabki uchta mashg‘ulot davomida faqat miyasini ishlatgan guruhning asab aloqalaridagi o‘zgarish, ehtimol, ishtrokchilarning vazifa bilan asta-sekin tanishib borishi tufayli yuzaga kelgan. Bu hodisa o’rganib borish tasiri deb ataladi. Yani Tadqiqot ishtirokchilari topshiriqni takrorlaganlarida, ular yanada ko‘nikib, samaraliroq ishlaydilar, ularning aqliy strategiyasi ham shunga moslashadi.

Nihoyat, sun’iy intellekt guruhi “miyalarini ishlatishga” o‘tganida, ular vazifani faqat bir marta bajarayotgan edilar. Natijada ular boshqa guruh tajribasiga yetisha olmadilar. Ular birinchi mashg‘ulotda faqat miyasini ishlatgan guruhga qaraganda biroz yaxshiroq faollikka erisha oldilar, xolos.

Tadqiqotchilarning xulosalarini to‘liq asoslash uchun sun’iy intellektdan miyaga o‘tgan ishtirokchilar ham sun’iy intellektsiz uchta yozish mashg‘ulotini o‘tkazishlari kerak bo‘lardi.

Xuddi shunday, “miyadan sun’iy intellektga” o‘tgan guruhning ChatGPT’dan samaraliroq va strategik foydalanishi, ehtimol, to‘rtinchi yozma topshiriqning mohiyati bilan bog‘liq. Bu topshiriq oldingi uch mavzudan biri bo‘yicha insho yozishni talab qilgan.

Sun’iy intellektsiz yozish ko‘proq fikrlashni talab qilgani sababli, ular o‘tmishda yozganlarini ancha yaxshi eslay olishdi. Shuning uchun ular, asosan, sun’iy intellektdan yangi ma’lumotlarni qidirish va ilgari yozganlarini takomillashtirish uchun foydalandilar.

Baholash jarayonida sun’iy intellektning  ta’siri qanday?

Sun’iy intellekt bilan bog‘liq hozirgi vaziyatni tushunish uchun kalkulyatorlar birinchi marta paydo bo‘lganida nima bo‘lganini eslash mumkin. 1970-yillarda ularning ta’siri  shunday tartibga solinganki, imtihonlar ancha qiyinlashtirildi. O’quvchilar endi hisob-kitobni qo’l bilan emas, balki kalkulyator yordamida qilishlari, o’zlarining aqliy kuchini esa murakkabroq vazifalarga sarflashlari kutilgan edi. Aslida, talablar keskin oshirildi va o’quvchilar kalkulyatordan ko’proq foydalanishni boshlashdi.

Sun’iy intellekt bilan bog‘liq muammo shundaki, ko‘p hollarda o‘qituvchilar sun’iy intellektni jarayonning zaruriy qismiga aylantiradigan darajada talablarni oshirmaganlar. O‘qituvchilar hali ham o‘quvchilardan xuddi besh yil avvalgidek vazifalarni bajarishni talab qilishadi va bir xil darajadagi ishni kutishadi. Bunday vaziyatlarda sun’iy intellekt haqiqatan ham zararli bo‘lishi mumkin. O‘quvchilar o‘rganishdagi muhim fikrlash jarayonlarini sun’iy intellektga yuklab qo‘yishlari mumkin, bu esa metakognitiv dangasalikka olib keladi.

Biroq, xuddi kalkulyatorlar kabi, sun’iy intellekt ham ilgari imkonsiz bo‘lgan va hali ham sezilarli aqliy faollikni talab qiladigan vazifalarni bajarishda yordam berishi mumkin va kerak. Masalan, biz o‘qituvchilik yo‘nalishi talabalariga batafsil dars rejasini tuzish uchun sun’iy intellektdan foydalanishni taklif qilishimiz mumkin. Keyin bu reja og‘zaki imtihonda sifat va pedagogik jihatdan asosliligi uchun baholanadi.

MIT tadqiqotida sun’iy intellektdan foydalangan ishtirokchilar “o‘sha-o‘sha eski” insholarni yozishgan. Ular o‘zlaridan kutilgan ish me’yorini bajarish uchun faolliklarini moslashtirganlar. Agar o‘quvchilardan murakkab hisoblashlarni kalkulyator bilan yoki kalkulyatorsiz bajarish so‘ralganda ham xuddi shunday bo‘lardi.

Edited by Soipova Mexriniso

Manba:

  1. The Conversation (2025, 23 June). MIT researchers say using ChatGPT can rot your brain. The truth is a little more complicated https://theconversation.com/mit-researchers-say-using-chatgpt-can-rot-your-brain-the-truth-is-a-little-more-complicated-259450 
  2. Dr.Leaf (2025 3 June) How AI Is Rewiring Your Brain Without You Realizing https://drleaf.com/posts/how-ai-is-rewiring-your-brain-without-you-realizing?srsltid=AfmBOoqfpzpEKuOgAI724LkKJpIddqk2u_K8uIrrr1CZdkVzC-gTtfqj 
  3. Picture: https://www.media.mit.edu/projects/your-brain-on-chatgpt/overview/
  4. https://cyberjustice.blog/2025/07/11/the-neural-impact-of-artificial-intelligence/

5 thoughts on “ChatGPT miyamizga qanday tasir ko’rsatadi

  1. This is great. I like that we’re now talking about how AI is affecting human brain without us really realizing it. Especially in central Asia, people don’t really have a bigger understanding of the whole ai thing. It being written in Uzbek makes more accessible for non English or Russian speakers read and have a bigger understanding of it.

Leave a Reply to oybek sabitov Cancel reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *