Kirish
Doimiy shovqin, muddatlari va stresslar dunyosida ko’p chilik muvozanat izlamoqda. Sharq an’analariga asoslangan qadimiy yoga va meditatsiya bugungi kunda butun dunyoda inson ongiga ta’siri bo‘yicha o‘rganilmoqda. Ilgari faqat ma’naviy yoki madaniy amaliyot sifatida qaralgan bo‘lsa, hozirgi zamon psixologiyasi ular kuchli vosita sifatida e’tirof italmoda. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ular stressni kamaytirib, diqqatni jamlashga yordam berib, his-tuyg‘ularni tartibga solib va hatto miya tuzilishini o‘zgartirib, insonlarga foyda keltirmoqda.
Stress psixologiyasi va inson ongi
Stress inson ongiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Surunkali stress yuqori darajadagi kortizol gormonining ajralishini qo‘zg‘atadi. Bu gormon xotirani buzib, xavotirni kuchaytiradi va hissiy boshqaruvni zaiflashtiradi. Bunday holat insonni depressiya, charchash va boshqa psixologik muammolarga duchor qiladi. Yoga va meditatsiya asab tizimini tinchlantirish va o‘z-o‘zini anglashga yordam berish orqali muvozanatni ta’minlaydi.
Yoga ongga qanday ta’sir qiladi
Yoga jismoniy holatlar (asanalar), nafas olish mashqlari (pranayama) va ongli bo‘lishni birlashtiradi. Psixologik jihatdan yoga quyidagilar orqali yordam beradi:
- Xavotirni kamaytirish: Cho‘zilish va nazoratli nafas olish simpatik asab tizimini tinchlantiradi, stress reaksiyalarini pasaytiradi.
- Hissiyotlarni boshqarishni yaxshilash: Muntazam mashq qilish g‘azab, qo‘rquv va impulsivlikni yaxshiroq nazorat qilishga olib keladi.
- O‘zini anglashni kuchaytirish: Ko‘plab amaliyotchilar depressiyaga qarshi kurashda muhim bo‘lgan o‘zini baholash va tana tasavvurining yaxshilanganini ta’kidlaydilar.
Meditatsiya miyani qanday shakllantiradi
Meditatsiya diqqat va ongni tarbiyalashga qaratilgan. Neyrobiologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, meditatsiya:
- Diqqat tarmoqlarini kuchaytiradi: Miya skanlari diqqat va qaror qabul qilish bilan bog‘liq prefrontal korteksda o‘sishni ko‘rsatadi.
- Asosiy rejim tarmoq faolligini kamaytiradi: Bu ko‘pincha tashvish va tushkunlikni keltirib chiqaradigan xayol surish va fikrlash bilan bog‘liq miya tarmog‘idir.
- Hissiy barqarorlikni oshiradi: Uzoq muddat meditatsiya qiluvchilar hamdardlik va rahm-shafqat bilan bog‘liq miya sohalarida faollikning oshganini ko‘rsatadilar.
Klinik qo‘llanilishi
Yoga va meditatsiya endi terapiya va sog‘liqni saqlashda qo‘llanilmoqda:
- Depressiya va xavotir: Ongga asoslangan stressni kamaytirish (OASK) va yoga terapiyasi belgilarni kamaytirishda samarali hisoblanadi.
- PTSD: Meditatsiya bilan shug‘ullanuvchi harbiy xizmatchilar kamroq xotiralar va hissiy buzilishlar haqida xabar berishadi.
- Giyohvandlikdan qutulish: Ongli bo‘lish odamlarga istaklarni ularga ta’sir qilmasdan aniqlashga yordam beradi.
- Kognitiv salomatlik: Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yoga va meditatsiya keksa odamlarda xotira va e’tiborni saqlab qolishga yordam berishi mumkin.
Dalillar istiqbolli bo‘lsa-da, ko‘proq tadqiqotlar o‘tkazish kerak. Kelajakdagi tadqiqotlar quyidagilarga qaratilishi mumkin:
- Muayyan kasalliklar uchun yoga va meditatsiyaning qaysi shakllari eng samarali ekanligini aniqlash.
- Tuzilish va funksiyadagi uzoq muddatli o‘zgarishlarni kuzatish uchun miya tasviridan foydalanish.
- Ushbu amaliyotlarni maktablar, ish joylari va klinik psixologiya muhitlariga joriy etishni o‘rganish.
Xulosa
Yoga va meditatsiya shunchaki turmush tarzi amaliyoti emas, balki ruhiy salomatlik uchun ilmiy asoslangan vositalardir. Ular stressni kamaytirish, diqqatni jamlash va hissiy xatti-harakatlarni o‘zgartirish orqali inson ongini qayta shakllantirishga yordam beradi. Dunyoda ruhiy salomatlik muammolari kuchayib borayotgan bir paytda, qadimgi donishmandlik va zamonaviy psixologiya uyg‘unligi bardoshlilik va ichki muvozanatga yo‘l ochadi.
Translated by: Tojimirzayeva Nilufar
Manbalar:
- Davidson, R. J. va McEwen, B. S. (2012). Neyroplastiklikka ijtimoiy ta’sir: Stress va farovonlikni oshirish uchun aralashuvlar. Nature Neuroscience, 15(5), 689-695.
- Chiesa, A. va Serretti, A. (2010). Xavotir uchun yogani tizimli ko‘rib chiqish. Depression and Anxiety, 27(11), 933-942.
- Ho‘lzel, B. K. va boshqalar. (2011). Diqqat mashqlari mintaqaviy miya kulrang moddasi zichligining oshishiga olib keladi. Psychiatry Research: Neuroimaging, 191(1), 36-43.
- Goyal, M. va boshqalar. (2014). Psixologik stress va farovonlik uchun meditatsiya dasturlari: tizimli sharh va meta-tahlil. JAMA Internal Medicine, 174(3), 357-368.