Women's Health

Mikrobial xavf ko’rsatkichi nima va u muddatidan oldin tug’ulishni qanday tahmin qilish mumkin?

Qaysi homiladorliklar muddatidan oldin tug‘ilish xavfi ostida ekanini aniqlash uzoq vaqtdan beri tibbiyotdagi eng katta qiyinchiliklardan biri bo‘lib kelgan. Ona yoshi, tibbiy tarix yoki turmush tarzi kabi an’anaviy vositalar yordam beradi, lekin ular aniq javoblar berishda yetarli emas. Endi olimlar yangi tushunchani joriy qildi: Ichakdagi bakteriyalar asosida yaratilgan vosita — Mikrobial Xavf Ko’rsatkichi (MXK).

Muddatidan oldin tug’ilish ehtimolini oldindan baholashdagi muammo

Muddatidan oldin tug‘ilish, ya’ni 37 haftagacha tug‘ruq dunyo bo‘yicha yangi tug‘ilgan chaqaloqlar o‘limining asosiy sababi hisoblanadi. Shifokorlar ko‘pincha xavfni baholash uchun ultratovush tekshiruvlari, kasallik tarixi va gormonlarni tekshirishga tayanadi, ammo bu usullar har doim ham ishonchli emas. Ko‘p ayollar hali ham aniq ogohlantiruvchi belgilarsiz erta tug‘ruqni boshdan kechiradilar. Shuning uchun tadqiqotchilar homiladorlikning boshida yashirin xavflarni aniqlay oladigan yangi biomarkerlar – biologik signallarni o‘rganmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, ichak mikrobiomasi xuddi shunday signalni berishi mumkin.

Bakteriyalar asosida ko’rsatkich yaratish

5000 dan ortiq xitoylik ayollarning katta tadqiqotida olimlar homiladorlikning dastlabki davrida ichak mikrobiomasini tekshirdilar. Ular homiladorlikning qisqarishi yoki erta tug‘ruq bilan bog‘liq bo‘lgan bir nechta bakteriyalarni aniqladilar. Ular orasida Clostridium innocuum erta tug‘ilish bilan kuchli bog‘liqligi bilan ajralib turardi. Ammo tadqiqotchilar bitta bakteriyaga e’tibor qaratish o‘rniga kengroq yondashdi. Ular bir nechta bakteriya turlarining mavjudligi va darajasini yagona o‘lchov – Mikrob xavfi ko‘rsatkichiga birlashtirdilar. Buni kredit balliga o‘xshatib tasavvur qiling: moliyaviy odatlaringiz kredit xavfini tahmin qiluvchi yagona raqamga aylangani kabi, MXK ham ichak mikrobiomasini homiladorlik xavfini aks ettiruvchi ko’rsatkichga aylantiradi.

Raqamlar nimani ko‘rsatdi

Natijalar hayratlanarli edi. Mikrob xavfi yuqori bo‘lgan ayollarda muddatidan oldin tug‘ish ehtimoli sezilarli darajada yuqori bo‘lgan. Kashfiyot guruhida ham, alohida validatsiya guruhida ham MXK yuqori va past xavfga ega ayollarni aniq ajratdi.Jins darajasida Bacteroides va Burkholderia kabi bakteriyalar, tur darajasida esa Clostridium innocuum, Alistipes indistinctus va boshqalar baholandi. Ularning har biri hisobni yanada kuchliroq qiladigan ma’lumotni qo‘shdi.

An’anaviy usullardan yaxshiroq

Tadqiqotchilar MRSni onaning yoshi yoki kasallik tarixi kabi standart xavf omillari bilan taqqoslaganda, mikrob balli bashorat aniqligini yaxshilaganini aniqladilar. Aslida, MRSni genetika va an’anaviy omillar bilan birlashtirish eng kuchli modelni yaratdi. Bu shuni ko‘rsatadiki, bir kun kelib shifokorlar har bir homilador ayol uchun shaxsiy xavf profilini tuzish uchun qon testlari va kasallik tarixlari bilan bir qatorda najas testlaridan ham foydalanishlari mumkin.

Bu nima uchun muhim

Mikrob xavfi balli hali ham tadqiqot bosqichida, ammo uning imkoniyatlari juda katta. Agar u ko‘proq populyatsiyalarda tasdiqlansa, bu bo‘lajak onalarni erta tug‘ilish xavfi haqida, alomatlar paydo bo‘lishidan ancha oldin ogohlantirishi mumkin.

Ushbu bilimlar bilan shifokorlar har bir ayolning o‘ziga xos mikrob profiliga moslashtirilgan qo‘shimcha monitoring, profilaktik davolash yoki turmush tarzi bo‘yicha ko‘rsatmalar berishi mumkin edi.

Kelajakka nazar

MRS homiladorlik parvarishi haqidagi fikrlarimizdagi o‘zgarishni ifodalaydi. Faqat ko‘rinadigan alomatlar yoki irsiy genlarga e’tibor qaratish o‘rniga, u ichak mikrobiomasini ona salomatligidagi asosiy o‘yinchi sifatida tan oladi. Hozir biz homiladorlik paytida qon bosimi yoki glyukoza darajasini tekshirganimizdek, bir kun kelib mikroblar ko‘rsatkichlarini ham muntazam ravishda tekshirib turishimiz mumkin. Oxir-oqibat, xabar oddiy: biz tashiydigan mikroblar hayotdagi eng katta voqealardan birini, ya’ni bolani dunyoga xavfsiz keltirishni sekin shakllantirishi mumkin. Ushbu tushunchani amaliy natijaga aylantirish ko‘plab yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning hayotini saqlab qolishga yordam berishi mumkin.

Translation by Sabina Kurbanova

Manba:

  1. Zhang, G., Feenstra, B., Bacelis, J., et al. (2017, updated 2023 reanalysis). Genetic associations with gestational duration and spontaneous preterm birth. New England Journal of Medicine, 377, 1156–1167. https://doi.org/10.1056/NEJMoa1612665
  2. Pruski, P., Correia, G. D. S., Lewis, H. V., et al. (2021). Direct on-swab metabolic profiling of vaginal microbiome host interactions during pregnancy and preterm birth. Nature Communications, 12, 5967. https://doi.org/10.1038/s41467-021-26215-w
  3. Miao, Z., Hu, S., Wu, P., et al. (2025). Maternal gut microbiome during early pregnancy predicts preterm birth. Cell Host & Microbe, 33(9), 1623–1639.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *