Siz hech qo‘rqinchli filmni o‘chirib, yuragingiz tez urayotganini, lekin g‘alati tarzda o‘zingizni yaxshi his qilganingizni sezganmisiz? Ko‘pchilik so‘raydi, nima uchun haqiqiy xavf bo‘lmaganda o‘zimizni qo‘rqitishni yaxshi ko‘ramiz. Dahshat asrlar davomida insoniyat hikoyachiligining bir qismi bo‘lib kelgan, qadimgi arvoh ertaklaridan tortib bugungi kunning striming xitlarigacha. Zamonaviy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, qo‘rqinchli filmlar ularni qanday va nima uchun ko‘rishimizga qarab ruhiy salomatlikka ham yordam berishi, ham zarar yetkazishi mumkin. Ushbu maqolada odamlar nima uchun qo‘rqinchli filmlarni yaxshi ko‘rishi, ularning ruhiy salomatlikka psixologik va jismoniy ta’siri hamda dahshatdan sog‘lom tarzda zavqlanish bo‘yicha maslahatlar o‘rganiladi.
Dahshatli ko‘ngilochar nima?
Qo‘rqinchli filmlar qo‘rquv, vahima yoki shokni uyg‘otish uchun yaratilgan filmlardir. Ular ko‘pincha maxluqlar, arvohlar, kutilmagan qo‘rqitishlar, zo‘ravonlik yoki noma’lum mavzulardan foydalanadi. Psixologlar buni xavotir (bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsadan qo‘rqish), PTSD (o‘tmishdagi jarohatni qayta boshdan kechirish) va xavfsiz ekanligingizni bilgan holda qo‘rquv kabi salbiy his-tuyg‘ulardan zavqlanishni anglatuvchi “xavfsiz mazoxizm” kabi tushunchalar orqali izohlaydilar. Ushbu atamalarni tushunish bizga qo‘rquv miyada qanday ishlashini va nima uchun ba’zi odamlar uchun dahshat hayajonli tuyulishini anglashga yordam beradi.
Odamlar nima uchun qo‘rqinchli filmlarni yaxshi ko‘radi
1. Xavfsiz qo‘rquv (Xavfsiz mazoxizm)
Dahshat “xavfsiz xavf”ni taqdim etadi. Miyangiz sizning arvohlar uyida emas, divanda ekanligingizni biladi. Bu xavfsizlik qo‘rquvni attraksionlar kabi yoqimli qiladi. Qichqirasiz, yuragingiz tez uradi, lekin oxirida yengil tortib kulasiz.
2. Adrenalin to’lqini
Qo‘rqinchli lahzalar adrenalin va korrenalintizol ajratib, “jang yoki qochish” tizimini ishga tushiradi. Qo‘rquvdan keyin tanangiz bo‘shashadi. Zo‘riqish va xotirjamlik o‘rtasidagi keskin farq eyforiya his etishga olib kelishi mumkin.
3. Shaxsiyat va yangi taassurotlar izlash
Ba’zi odamlar kuchli qo‘zg‘alishlarni xohlaydi. Psixologlar ularni yangi taassurotlar izlovchilar, tavakkalchilik va yangilikni sevuvchilar deb atashadi. Ular dahshatdan juda ta’sirchan odamlarga qaraganda ko‘proq zavqlanishadi.
4. Insonning umumiy qo‘rquvlari
Dahshat o‘lim, zulmat va nazoratni yo‘qotish kabi umumiy qo‘rquvlarga ta’sir qiladi. Hikoya g‘ayritabiiy bo‘lsa ham, his-tuyg‘ular haqiqiy. Shuning uchun dahshat ko‘pincha urush, pandemiya yoki ofatlar kabi ijtimoiy muammolarni aks ettiradi.
5. Kutilmagan voqealar va hikoya qilish
Yaxshi dahshat bizni taranglik va kutilmagan qo‘rquvlar bilan ushlab turadi, keyin esa bizni yengillik bilan mukofotlaydi. Maxluqlarning haqiqiy emasligini bilish bu tajribani ham xavfsiz, ham qoniqarli qiladi.
Ruhiy salomatlikka ijobiy ta’sirlar
- Barcha qo‘rqinchli filmlar ham zararli emas. Aslida, ular ruhiy salomatlik uchun foyda keltirishi mumkin:
- Ta’sir va chidamlilik: Xayoliy qo‘rquvga duch kelish haqiqiy qo‘rquvlarni yengilroq his qilishga yordam beradi. COVID-19 davridagi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, pandemiya dahshati muxlislari o‘zlarini ko‘proq tayyorgarlik ko‘rgan deb his qilishgan.
- Nazorat hissi: real hayotdan farqli o‘laroq, filmni istalgan vaqtda to‘xtatish yoki o‘chirishingiz mumkin.
- Hissiy bo‘shashish (katarsis): Qo‘rqitishdan keyin qichqirish yoki kulish stressni kamaytirishi mumkin.
- Chalg‘ish: Filmga e’tibor qaratish kundalik tashvishlardan qochish imkonini beradi.
- Ijtimoiy bog‘lanish: Do‘stlar bilan birgalikda tomosha qilish qo‘rquvdan keyin umumiy xotiralar va kulgi paydo qiladi.
Ruhiy salomatlikka salbiy ta’sirlar
Biroq, dahshat hamma uchun ham emas:
- Jarohatni qo‘zg‘atish: PTSD yoki fobiyalari bo‘lgan odamlar og‘riqli xotiralarni qayta boshdan kechirishlari mumkin.
- Uyqu bilan bog‘liq muammolar: Uyqudan oldin qo‘rqinchli tasvirlar dahshatli tushlarga olib kelishi mumkin.
- Haddan tashqari stress: Agar tomosha qilishga majbur bo‘lsangiz, bu tajriba yordam o‘rniga zarar yetkazishi mumkin.
- Hissizlanish: Qonli manzaralarga doimiy ravishda duchor bo‘lish hamdardlikni pasaytirishi mumkin, ammo bu borada dalillar turlicha.
Dahshatni sog‘lom tarzda qanday tomosha qilish mumkin
Ruhiy salomatlikka zarar yetkazmasdan dahshatdan zavqlanish uchun:
- O‘z chegaralaringizni biling. Agar ta’sirchan bo‘lsangiz, qonli manzaralardan ko‘ra kutilmagan voqealarga urg‘u beruvchi filmlarni tanlang.
- Kechqurun tomosha qilishdan saqlaning. Ayniqsa, qo‘rqinchli tushlar muammo bo‘lsa.
- Boshqalar bilan birga tomosha qiling. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash qo‘rquvni qiziqarli qiladi.
- Nazoratni qo‘ldan bermang. Haddan tashqari og‘ir tuyulsa, o‘tkazib yuboring yoki to‘xtating.
- Keyin muhokama qiling. Taasurotlar bilan o‘rtoqlashish qolgan qo‘rquvni kamaytiradi.
- Tinch faoliyat bilan muvozanatni saqlang. Musiqa tinglash, kitob o‘qish yoki nafas olish mashqlari asliga qaytishga yordam beradi.
Xulosa
Qo‘rqinchli filmlar ommabopligicha qolmoqda, chunki ular qo‘rquv bilan xavfsiz kurashish imkonini beradi. Ba’zilar uchun dahshat hayajon, hissiy ozodlik, chidamlilik va bog‘liqlikni ta’minlaydi. Boshqalar uchun, ayniqsa ruhiy jarohat yoki tashvish bilan aziyat chekayotganlar uchun, dahshat stressni kuchaytirishi yoki uyquni buzishi mumkin. Asosiysi – muvozanat: o‘z fe’l-atvoringizni biling, filmlarni oqilona tanlang va dahshatdan zavqlanish yoki undan qochish mumkinligini unutmang. Oxir-oqibat, ekrandagi qo‘rquv biz tirik ekanligimizni va ba’zida ko‘ngilochar qo‘rquv aslida biz uchun foydali bo‘lishi mumkinligini eslatadi.
Translated by Mexriniso
Manba:
- Haiyang Yang & Kuangjie Zhang: https://hbr.org/2021/10/the-psychology-behind-why-we-love-or-hate-horror
- Jordan Glass, B.S.: https://pmc.ncbi.nlm.nih.gov/articles/PMC6813198
- Barbara Johnson, MD: https://www.drbarbarajohnson.com/blog/the-mental-benefits-of-horror-movies